O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryoda viloyat hokimi Shahrisabzlik yoshlar bilan uchrashdi

2017-07-27 | Jamiyat

Shahrisabzda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan, har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi Kun.uzga O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati.

Unda Prezidentning yoshlar siyosati bo'yicha Davlat maslahatchisi—O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboyev, tuman hokimligi vakillari, tashkilot rahbarlari, Shahrisabz shahri va tumani yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro'ziyev yoshlarga oid davlat siyosati doirasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, o'tkazilayotgan tadbirlar haqida so'z yuritib, yoshlar jamiyatning eng ilg'or qatlami sifatida hamisha qo'llab-quvvatlanishi, ularning har jihatdan barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishlarini ta`minlash hukumat e`tiboridagi eng asosiy vazifa ekanini ta`kidladi.

— «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida prezidentimiz harakat negizida mutlaqo boshqacha prinsip va yondashuvlar asosida ishlaydigan, yoshlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qila oladigan, har qanday rasmiyatchilik va kampaniyavozliklardan xoli, haqiqiy demokratik tashkilot—O'zbekiston yoshlar ittifoqini tuzish va 30 iyunni mamlakatimizda «Yoshlar kuni» sifatida nishonlashni taklif etganliklarini o'zi ham yoshlarga bo'lgan katta e`tibor namunasidir, —dedi Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Ro'ziyev.

Shuningdek, viloyatning iqtidorli va faol yoshlari so'zga chiqib, yurtimizda yoshlarga Yurtboshimiz tomonlaridan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikdan mamnun holda o'z fikrlarini bildirdilar.

Shundan so'ng yoshlarning kelgusidagi rejalari, ularni tashvishlantirayotgan muammolar hamda taklif va mulohazalari tinglandi. Shahrisabzda turizm va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish, yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, yoshlarda Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish bo'yicha berilgan takliflar yuzasidan istiqbolli rejalar ishlab chiqildi.

Поделиться