O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qurilish materiallari ishlab chiqarish kengaymoqda

2017-07-27 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar va mavjud imkoniyatlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi B.Zaripov va boshqalar mamlakatimizda sifatli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini ko‘paytirish, bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulotlarning esport hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Mamlakatimizda ko‘plab yangi sanoat korxonalari, zamonaviy turar joy binolari, ko‘rkam ijtimoiy-maishiy obyektlar bunyod etilmoqda. Joylarda qad rostlayotgan bunday muhtasham inshootlar turmushimizni yanada obod va farovon etishi bilan birga, iqtisodiy qudratimizni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Ushbu ishlar samaradorligi obyektlarni sifatli qurilish materiallari bilan doimiy ta’minlash bilan bog‘liq. 

«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan joriy yilning olti oyi davomida 1,5 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning olti oyiga nisbatan 7 foiz ko‘pdir. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 25-oktabrdagi «Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qurilish materiallari sanoati tuzilmasini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potensialini oshirish, xalqaro talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish kabi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 

Keyingi 5-yil ichida O‘zbekistonda sement ishlab chiqarishni yilik 8,5 million tonnadan 17 million tonnaga oshirish rejalashtirilmoqda. So‘nggi yillarda 30 dan ortiq turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 

Mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Bugungi kunda mahsulotlar Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Rossiya, Afg‘oniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda. 

Anjumanda jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться