O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Harakatlar strategiyasi: taraqqiyotning yangi bosqichi”

2017-07-26 | Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni talablarini amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash yo’lidagi shahdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatini yana bir bor to’liq o’rganish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun “Harakatlar strategiyasi: taraqqiyotning yangi bosqichi” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari, polkovnik A.Mirzaev ochib, harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni har bir xodim mukammal bilishi, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida ularni o’z xizmat faoliyatida tadbiq qilib borishni ta’kidladi.

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi markazi loyihalar rahbari R.Abdukarimov hamda IIV Akademiyasi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti, polkovnik Sh.Qobilov mavzu yuzasidan slayd orqali ma’ruza qildilar.

Поделиться