O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Istiqboldagi vazifalar belgilab olindi

2017-07-26 | Jamiyat

Prezidentimizning joriy yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqbol vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” mavzusidagi ma’ruzasi joylarda keng o‘rganilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, huquqni muhofaza qilish idoralari va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

Ma’ruzada turli sohalarda erishilayotgan yutuq va marralar bilan birga, hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy tahlil etilib, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Siyosiy partiyalar va deputatlar faoliyatida ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslar sezilmayotgani, aksincha, faqat saylov kampaniyasi davrida faollashish bilan cheklanayotgani, parlament va deputatlik nazoratini samarali amalga oshirmayotgani qattiq tanqid qilindi. Siyosiy partiyalar uyushmagan yoshlarga umuman e’tibor qaratmayotgani, kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish masalasi e’tibordan chetda qolayotgani, qonunlar qabul qilishda jamoatchilik, saylovchilarning keng ishtiroki sezilmayotgani ta’kidlandi. Deputatlarning ish uslubini o‘zgartirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish kabi muhim masalalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 

Sessiyada deputatlar, siyosiy partiyalar vakillari ma’ruzada belgilab berilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishda bahamjihat ish olib borish zarurligi qayd etildi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, yoshlar bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama etildi. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Soliyev, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Shaypurishova, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari K.Bekimbetovning hisoboti tinglandi.

 

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA

Поделиться