O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ustuvor vazifalar belgilab olindi

2017-07-26 | Jamiyat

Gulistonda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi hamda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, siyosiy partiyalar, turli tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan sessiyada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyul kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” mavzusidagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama etildi. 

Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda mahalliy Kengashlar va siyosiy partiyalar faoliyati tobora muhim ahamiyat kasb etayotir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha darajadagi vakillik organlarining roli va ta’sirini oshirish maqsadida mahalliy ijroiya organlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlarda hisobot va axborot berish tartibi yo‘lga qo‘yilib, ular faoliyati ustidan deputatlik va xalq nazorati o‘rnatilmoqda. 

Ayni paytda viloyatdagi siyosiy partiyalar, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyati tahlili ular tomonidan hududda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan vakolat va imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotganini ko‘rsatmoqda. Ular ish uslubini tubdan o‘zgartirishni, aholi bilan doimiy muloqotni va ta’sirchan deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yishni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda. 

Ma’ruzada bildirilgan tanqidiy fikrlar siyosiy partiyalarning viloyatdagi tashkilotlari, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida faoliyat yuritayotgan partiya guruhlariga ham bevosita tegishli ekani, binobarin, bu borada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi. 

– Prezidentimiz ma’ruzasini partiyamiz yig‘ilishida atroflicha o‘rganib, o‘z ishimizga tanqidiy nuqtai nazardan yondashish zarurligini angladik, – deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari Sherzod Nurmatov. – Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dasturlar rejasi ishlab chiqildi. Partiyamizdan saylangan har bir deputat bilan yanada yaqin ishlash kerakligi ta’kidlanib, partiyamizning har bir a’zosi zimmasiga aniq vazifalar yuklandi. 

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Jo‘rayev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i X.Tojiyev va viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Abdug‘aniyevning hisoboti tinglandi. 

Sessiyada Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

Поделиться