O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XVJ missiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi yakuni bo‘yicha bayonoti

2017-07-26 | Iqtisodiyot

2017-yil 17-24-iyul kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Albert Yeger rahbarligidagi missiyasi mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi va rasmiy organlar ishlab chiqqan islohotlar rejasini muhokama qilish uchun Toshkentda bo‘ldi. Missiya tashrif yakuni bo‘yicha quyidagi bayonotni berdi:

"Missiya rasmiy organlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev tasdiqlagan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asoslangan iqtisodiyotni isloh qilishga doir kompleks rejalarini ma’qullaydi. Ushbu rejalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi iqtisodiyotning sifatli ish o‘rinlari tashkil qilish va barqaror o‘sishni ta’minlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. 

Missiya rasmiy organlarning valyuta tizimini birinchi galda isloh qilish bo‘yicha rejasini ham to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. 

Bozor tamoyillari asosida valyuta kurslarini unifikatsiya qilish va valyuta resurslarini taqsimlash uchun imkoniyat yaratish O‘zbekiston Markaziy bankiga barqarorlikni saqlashga yo‘naltirilgan va inflatsiyani samarali nazorat qilishga qodir pul-kredit siyosatiga o‘tish imkonini beradi. Mazkur islohotlar tashqi raqobatbardoshlikni oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ichki resurslarni taqsimlashni takomillashtirish hisobidan ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi. O‘zbekistonning salmoqli valyuta zaxirasi mazkur islohotlarni ishonchli amalga oshirish imkonini beradi. 

Valyuta tizimini isloh qilish barobarida davlat korxonalari va davlat tomonidan nazorat qilinadigan banklarni tarkibiy qayta ko‘rib chiqish, xalqaro savdo va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa omillarni bartaraf etish, shuningdek, kompaniyalar, ayniqsa, ish o‘rinlari yaratish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kichik va o‘rta korxonalarning xarajatlarini asossiz oshirayotgan qonunlar, qarorlar va tartiblarni takomillashtirish zarur. 

XVJ rasmiy organlar ishlab chiqqan islohotlar rejasini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha texnik ko‘maklashish va iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha tavsiyalar berishga tayyor. 

Islohotlarni pul va kreditlar hajmining tez o‘sishi bilan bog‘liq inflatsiya bosimi sharoitida amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, missiya O‘zbekiston Markaziy banki yaqinda qabul qilgan pul-kredit siyosatini, jumladan, qayta moliyalashtirish stavkasini 9 foizdan 14 foizgacha oshirish hisobidan qat’iylashtirish choralarini ijobiy baholaydi. 

Bank tizimida yetarlicha bufer zaxiralari saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, likvidlik bilan bog‘liq murakkabliklar yuzaga kelishi mumkinligi va kreditlar likvidligiga ta’sir ko‘rsatadigan jarayon tashvish uyg‘otadi. Shu munosabat bilan rasmiy organlar davlat nazoratidagi banklarni qayta kapitallashtirish bo‘yicha ogohlantiruvchi choralarni ko‘rdi, likvidlik me’yorlarini oshirdi, O‘zbekiston Markaziy banki qo‘llayotgan likvidlikni taqdim etish va banklar muammolarini tartibga solish prinsiplarini qayta ko‘rib chiqdi va unga moslashtirdi. 

2017-yil boshidan soliq-byudjet siyosati ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilmoqda va joriy prognozlarga ko‘ra, umumlashtirilgan davlat byudjeti profitsiti yalpi ichki mahsulotning 0,2 foizini tashkil etadi. Valyuta kursi va pul-kredit siyosatining yangi tartibi muvofiqligini ta’minlash uchun 2018-yilda ham soliq-byudjet siyosati qat’iy davom ettirilishi kerak. 

Missiya rasmiy organlarning iqtisodiy statistika sifati va ochiqligini oshirish borasidagi qat’iy mo‘ljalini ijobiy baholadi. Ular tomonidan inflatsiya sur’atlarini aniqlash uchun yangi iste’mol narxlari indeksidan foydalanish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar 2018-yildan boshlab ushbu asosiy statistika ko‘rsatkichi sifatini oshirish imkonini berishi lozim. Missiya O‘zbekiston rasmiy organlarining XVJning ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha kengaytirilgan umumiy tizimiga qo‘shilish rejasini ma’qullaydi. 

XVJ kelishuvlar moddalarining IV moddasi doirasidagi keyingi maslahatlashuvlarni shu yilning kuzida o‘tkazish to‘g‘risida dastlabki kelishuvga erishildi. 

Missiya O‘zbekistonning rasmiy organlariga samimiy mehmondo‘stlik va amaliy muzokaralar uchun minnatdorlik izhor etadi".

Поделиться