O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termiz shahrida barcha qulayliklarga ega “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirildi

2017-07-25 | Jamiyat

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniy otaxon va onaxonlar, viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari vakillari, yoshlar ishtirok etdi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda keksa avlod vakillarini e’zozlash, ularga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish, munosib turmush kechirishi, dam olishi, jamiyatda faol bo‘lishi uchun barcha sharoit yaratib berilayotgani alohida ta’kidlandi. 

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qilayotir. 

Ushbu hujjat ijrosi doirasida barpo etilgan muhtasham binoni kapital ta’mirlash, zamonaviy usulda jihozlash uchun 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Kutubxona, nuroniylar choyxonasi, mehmonxona, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ma’naviyat, tibbiyot xonalari keksa avlod vakillari miriqib dam oladigan, madaniy hordiq chiqaradigan maskanga aylantirildi. 

– Yoshim yetmishdan oshdi, – deydi mehnat faxriysi Bekmurod Qodirov. – Bu yerda biz nafaqat dam olib, vaqtimizni chog‘ o‘tkazamiz, balki gurungu suhbatlarda qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar, yoshlar tarbiyasi borasida gaplashib olamiz. El-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini his qilib yashash yoshimizga yosh, belimizga quvvat bo‘lmoqda. Qarang, maskanda keksalar uchun barcha zarur sharoit muhayyo. Choyxonada miriqib gurung qilish mumkin. Kutubxona, duxturxonasi ham shu yerda. Xullas, qariyaga nimaiki kerak bo‘lsa, barchasi muhayyo. Ilohim, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. Yoshlarimiz baxtli-saodatli bo‘lsin. 

Nuroniylarga davlatimiz rahbari nomidan “King Long” rusumli avtobus sovg‘a qilindi. 

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Поделиться