O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh polvonlarimiz g‘oliblik shohsupasida

2017-07-25 | Sport

Tailand poytaxti Bangkok shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Erkin kurash bo‘yicha vazni 42 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarda sportchimiz Umidjon Jalolovga teng keladigan raqib topilmadi. U hal qiluvchi bahsda yaponiyalik Ryuji Yurani mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 

Vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar bahsida qatnashgan yana bir iqtidorli sportchimiz Ixtiyor Normurodov finalda mo‘g‘ulistonlik Byambadorj Enxbayar ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. 

O‘z vazn toifasida Muhammadrasul Rahimov kumush, Jamshidbek Ma’rufov bronza medal bilan taqdirlandi. 

Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Saidislom Teshaboyev, Eldor Karimov va Dilshod Omongeldiyev uchinchi o‘rinni egalladi. Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha bahslarda Umidaxon Maqsetova va Gulnoza Jumaboyeva qit’a chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

Bayram Aytmurodov, O‘zA

Поделиться