O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektrotexnika sanoati rivojlanmoqda

2015-03-19 | Iqtisodiyot

«O'zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz hududlarida elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun Ochiq eshiklar kunini o'tkazdi.

Tadbirda istiqlol yillarida iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlari, jumladan, elektrotexnika sanoati jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgani ta'kidlandi. O'tgan yil yakunlariga ko'ra, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari umumiy hajmida elektrotexnika sanoati ulushi qariyb 2 foizni tashkil etdi. Prezidentimizning shu yil 4-martdagi 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoni elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Hujjatga muvofiq, sohada umumiy qiymati 268,5 million dollarlik 39 istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilayotir.

Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan ellikka yaqin tadbirkor qatnashgan tadbir ishtirokchilari maishiy muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilayotgan yangi «Rohat» ishlab chiqarish kompleksi, maishiy elektr texnika vositalariga servis xizmati ko'rsatish markazi, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan maishiy elektr tovarlari ko'rgazmasini borib ko'rdi. Bundan tashqari, tadbirkorlar Toshkentdagi Turin politexnika universiteti faoliyati, jumladan, ushbu oliy o'quv yurtining elektrotexnika sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha imkoniyatlari bilan tanishdi.

«O'zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasidan ma'lum qilishlaricha, ushbu tadbir mamlakatimizda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan. Tadbirkorlik subyektlarini sohadagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga faol jalb qilish elektrotexnika sanoatini yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarish imkonini beradi.

Tadbir doirasida elektrotexnika sohasining bugungi holati va istiqbollari, elektrotexnika mahsulotlarini sotish bo'yicha ichki va tashqi bozordagi talab hamda taklif yuzasidan o'tkazilgan marketing tadqiqotlari natijalari muhokama etildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga istiqbolli investitsiya loyihalari, ularni amalga oshirish yo'llari va uslublari, «O'zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatilayotgan yordam to'g'risida batafsil axborot berildi.

Поделиться