O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarali deputatlik nazorati–yuksalish omili

2017-07-25 | Jamiyat

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni viloyatda izchil amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, Termiz shahri va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, mahalliy ijro organlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi. 

Tadbirda davlatimiz rahbarining ma’ruzasida erishilgan yutuqlar bilan birga, hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston Ekologik harakatining o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim vazifalar belgilab berilgani alohida ta’kidlandi. 

Mamlakatimizda barcha sohalarni yanada erkinlashtirish va isloh qilish yangi bosqichda davom ettirilayotgani siyosiy partiyalar va mahalliy kengashlar deputatlari zimmasidagi mas’uliyatni ham oshirmoqda. Bu jarayonda xalq nazorati amalda qo‘llanilib, davlat hokimiyati organlari, ichki ishlar, sud-huquq tizimining parlament va mahalliy kengashlarda hisobot va axborot berish, dolzarb muammolarni aholi bilan ochiq muhokama etish, ularning yechimini topish, barcha qarorlarni aholi fikri va murojaatlari asosida qabul qilish tartiblari joriy etildi. 

Viloyatda siyosiy partiyalar va mahalliy kengashlar deputatlari hududda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha qonunchiligimizda belgilangan vakolat va imkoniyatlardan to‘liq foydalanmayotgani tanqid qilindi. 

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslari deputatlarning qonunda belgilangan huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymoqda, deputatlar so‘roviga belgilangan muddatda javob bermaslik holatlari mavjud. Masalan, Jarqo‘rg‘on tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i Q.Safarov, Sho‘rchi tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari O‘.Yo‘ldoshev, Jarqo‘rg‘on tumani madaniyat bo‘limi boshlig‘i S.Isoqov mahalliy kengash deputati so‘roviga belgilangan muddatda javob yubormagan. Yoki Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Sh.Suvonov saylovchilar muammosi bilan kelgan deputatni qabul qilmagan. Uzun tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari S.Mirzayev mahallada simyog‘ochlar eskirib, fuqarolar hayoti uchun xavfli bo‘lib qolgani yuzasidan murojaat etmoqchi bo‘lgan deputatni qabul qilmagan, aksincha, xalq vakilini korxona hududidan chiqarib yuborgan. Bu kabi xolatlar joylarda ta’sirchan jamoatchilik va samarali deputatlik nazorati o‘rnatishga salbiy ta’sir etmoqda. 

Sessiyada davlatimiz rahbarining yuqoridagi ma’ruzasida o‘z ifodasini topgan muhim vazifalar ijro uchun qabul qilinib, xalq deputatlari viloyat Kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va siyosiy partiyalarning hududiy tashkilotlari faoliyatida mavjud muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olindi. Doimiy komissiyalar, siyosiy partiyalarning hududiy tashkilotlari va deputatlik guruhlari faoliyatini tubdan yaxshilash yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Viloyat hayotiga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.Murodov, Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Поделиться