O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yigirma beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
2017-07-21 | Jamiyat
Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq, 2017 yilning 22 iyul kuni soat 10.00da xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi o‘tkaziladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil
12 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzalaridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida;
- Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Kurbanovning ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Abrarovning yoshlar bilan ishlash sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.