O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dolzarb masalalar muhokamasi

2017-07-21 | Jamiyat

Joriy yil 17 iyul kuni viloyat hokimlik soati yig`ilishi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi o’rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar va tumanlar hokimlari, ularning o’rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Yig`ilishni viloyat hokimi O’ktam Barnoev boshqarib bordi.

Kun tartibiga asosan, dastlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan o’tkazilgan yig`ilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi to’g`risidagi masala muhokama qilindi. Viloyat hokimining o’rinbosarlari Jamol Nosirov va Zokirjon Hidoyatovlar Prezidentimiz raisligida o’tkazilgan O’zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi, 2017 yil 6 iyul kuni sog`liqni saqlash tizimi faoliyatiga bag`ishlangan kengaytirilgan yig`ilish hamda parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O’zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalarga doir, shuningdek, "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi" mavzusidagi uchrashuvlarda ko’rsatib o’tilgan topshiriqlarning viloyatdagi ijrosi haqida axborot berdilar.

Shahar va tumanlarda bu sohalarda amalga oshirilgan ishlar hali talab darajasida emasligini qayd etgan viloyat rahbari yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, sog`liqni saqlash, xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, qizlarning kasanachilik bilan band bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligini ko’rsatib o’tdi. Shuningdek, u ma’naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor, ya’ni notinch oilalar farzandlari, profilaktik ro’yxatga olingan yoshlar bilan individual ish olib borish, Buxoro "Yoshlar markazi" qurilishini tezroq yakunlash bo’yicha aniq topshiriqlarni berdi.

Yig`ilishda shoshilinch tez tibbiy yordam xizmatini maxsus avtotransport vositalari bilan ta’minlash, ayni chog`da xorijda ishlayotgan malakali shifokorlarni viloyatga qaytarish va ular uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, xususiy tibbiyot muassasalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalari bosh vrachlarining mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari oldida hisobot berishini yo’lga qo’yish zarurligi qayd etildi.

Hokimlik soatida hududlarni ijtimoiy rivojlantirish dasturlari va aholi farovonligini ta’minlash, sog`liqni saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va boshqa dolzarb masalalarni mahalliy Kengashlarning sessiyalarida ko’rib chiqishda partiyalar deputatlik guruhlari tashabbuskorligini oshirish, deputatlik so’rovlariga javob bermagan mansabdor shaxslarni Kengash sessiyalarida muhokama qilish, hududiy partiya tashkilotlarining yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish masalalariga etibor qaratildi.

Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash g`oyat dolzarb vazifaga aylangan bugungi kunda xatosini tushunib, buzg`unchi g`oyasidan qaytgan diniy ekstremistik oqimlar a’zolarini hisobdan chiqarish, ularni to’g`ri yo’lga yo’llash, ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalar farzandlarini sog`lomlashtirish oromgohlariga jalb qilish, xotin-qizlar o’rtasida o’z joniga qasd qilish, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Joriy yilning 11 iyulida respublikamiz Prezidenti tomonidan "Abduxoliq G`ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish to’g`risida"gi farmoyish qabul qilingani bildirildi.

2017 yil 1-yarim yillikda hududiy eksport prognoz ko’rsatkichlarning bajarilishi hamda 2-yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar to’g`risida axborot bergan viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Mehriddin Abdullaevning qayd etishicha, bu borada Romitan, G`ijduvon, Qorovulbozor, Shofirkon, Olot, Qorako’l tumanlarida qoloqlikka yo’l qo’yilgan. Viloyat Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksportga chiqaruvchi korxonalarga naqd pul mablag`lari berilishida uzilishlarga yo’l qo’yilmoqda.

Yig`ilishni boshqarib borgan viloyat rahbari g`alladan bo’shagan maydonlarda ekiladigan takroriy ekinlardan olinadigan hosil hisobidan qiymati 23,4 million dollarlik 79,4 ming tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksportga chiqarilishini ta’minlash bo’yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Hokimlik soati yig`ilishida viloyat hokimi o’rinbosari Narzullo Hamdamovning 2018 yilda qishloq massivlaridan qurilishi rejalashtirilgan namunaviy uylar uchun tumanlar hokimliklari tomonidan er tanlash ishlarining borishi, aholi iste’molchilarining tabiiy gaz va elektr energiyasidan bo’lgan debitor qarzdorliklarini bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda qora metall parchalari va chiqindilarni yig`ib topshirish rejalarining ijrosi haqidagi axborotlari tinglandi.

Shuningdek, yig`ilishda eng ulug`, eng aziz ayyom — O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga tayyorgarlik ko’rish, viloyatda iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining 2017/2018 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari, umumta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’rtasida o’zaro integrastiyani ta’minlagan holda 11 yillik o’rta ta’lim tizimini joriy qilish, pensiya va nafaqalar to’lash muammolarini bartaraf etish, "Qovun sayli" festivaliga hozirlik ko’rish, joylarda Nuroniylar maskanlarini barpo etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Поделиться