O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzaxda Sharof Rashidov byusti tantanali ochildi

2017-07-21 | Jamiyat

Yaqinda viloyatimizning Sh.Rashidov tumanida “Xalqimizning otash qalb farzandi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir viloyat va tuman hokimligi, “Nuroniy” jamg’armasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, viloyat Ma’naviyat – targ’ibot markazi va bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida  davlat va jamoat arbobi, yozuvchi, adib SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Tadbirga viloyat hokimi Ulug’bek Uzoqov hamda SHarof Rashidovning katta farzandi, kimyogar olima, O’zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Sayyora Rashidova hamda uning  yaqin qarindoshlari, viloyat va tuman jamoatchiligi vakillari taklif etildilar.

Tadbir avvalida Sharof Rashidov tumani hokimligi binosi oldida tantanali ravishda Sharof Rashidov byustining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbir qatnashchilari buyuk adib yodgorligiga o’zlarining cheksiz hurmatlarininamoyish etdilar va byust poyiga gullar qo’yishdi.

Shundan so’ng tuman hokimligi katta majlislar zalida Ma’naviyat targ’ibot markazi tashabbusi bilan qator taniqli yozuvchi ijodkorlar ishtirokida ilmiy amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

****

Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martda “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qarorga asosan taniqli davlat va jamoat arbobining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi. Uning nomini abadiylashtirish yuzasidan respublikamizda, shu bilan birga Jizzax viloyatida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan Prezidentimiz qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan maxsus chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga ko’ra Sharof Rashidov xotirasini abadiylashtirish bo’yicha juda katta tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan bo’lib, Jizzax shahrida Sharof Rashidov xotirasiga bag’ishlangan yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Sharof Rashidov hayoti va ijodiy faoliyati bilan xalqimiz ayniqsa yosh avlodni yaqindan tanishtirish maqsadida uning memorial uy muzeyi qaytadan ta’mirlanmoqda.

Sh.Rashidov sharafiga Jizzax shahri markazida haykal va ijod bog’i barpo etilmoqda. Adib tug’ilib o’sgan Jizzax tumaniga uning nomi berilishi Sharof Rashidovning o’chmas xotirasi doimo yodimizda ekanligining yorqin namunasidir.

Ayni paytda Sharof Rashidov hayoti bilan bog’liq arxiv hujjatlari va fotoarxivlarini o’rganish, tarixiy xujjatlar va fotolavhalar asosida “Murakkab davrning matonatli shaxsi” nomli fotoko’rgazmani tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Viloyatimizdagi barcha ta’lim muassasalarda, mahalla, korxona va tashkilotlarda Sharof Rashidovning hayot yo’li, boy ijod namunasi asosida “Sharof Rashidovning O’zbekiston tarixida tutgan o’rni”, “Sharof Rashidov – murakkab va mashaqqatli davrning buyuk farzandi” mavzularida “Xotira soati” hamda Sharof Rashidov bilan bir davrda yashagan va uning faoliyatini yaqindan bilgan keksalar, madaniyat va san’at namoyondalari olim va ziyolilar hamda shoir – yozuvchilar ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar o’tkazilib kelinmoqda.

Viloyat musiqali drama teatrida Sharof Rashidovning “Kashmir qo’shig’i” asarini sahnalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Поделиться