O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tabiiy ofatlarni bartaraf etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
2017-07-21 | Jamiyat
2017 yilning 18 iyul kuni “Miran” xalqaro mehmonxonasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Yaponiyaning yer, transport, turizm vazirligi bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarni bartaraf etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov, Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi N.Ito va Yaponiyaning yer, transport, turizm vazirligi maslahatchisi K.Ozava kirish so‘zi bilan ishtirok etishdi.
Seminarda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining xodimlari, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillari ishtirok etib, o‘zlarining ish faoliyati yuzasidan tabiiy ofatlarni oldini olishga bag‘ishlangan ma’lumotlar bilan so‘zga chiqdilar.
Shuningdek, tadbir davomida «Tokyo Rope», «Nippon Steel&Sumikin Metal Products», «Fujitsu Limited» kabi yapon korxonalarining mutaxassislari tomonidan qor va tosh ko‘chkisidan muhofaza qiluvchi uskunalarni ishlab chiqish hamda o‘rnatish to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.