O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent viloyatida fuqarolar bilan qabul o‘tkazildi
2017-07-21 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan aholi bilan muloqot qilish maqsadida joylarga chiqqan holda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, 2017 yilning 17 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djurayev Toshkent viloyatida bo‘ldi.
Mazkur tadbir Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida tashkil etilib, unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mutasaddi xodimlari, shuningdek, Angren, Oxangaron, Bo‘stonliq, Qibray, Parkent tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabul davomida 19 nafar fuqaro o‘zlarini qiynayotgan muammo bilan murojaat qilishdi. Barcha murojaatlar Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, mutasaddilarga qirg‘oq mustahkamlash, ko‘priklarni ta’mirlash, daryo va qirg‘oqlarni tozalash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga harbiy xizmatga qabul qilish yuzasidan 10 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Fuqarolarni qabul qilish tadbirlari davom etmoqda.