O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda Respublika idoralari rahbarlari xalq bilan muloqotda bo‘ldi

2017-07-21 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan joylarda islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, qabul qilinayotgan qonun va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar ijrosini o‘rganish hamda aholining talab va takliflarini eshitgan holda kelgusi vazifalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari tubdan qayta ko‘rib chiqilishi, bu borada aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Namangan viloyatida ham Respublika idoralari rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan xalq bilan muloqot o‘tkazildi. Ularning dasturi “Adolatli jamiyat qurish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurash muammolari”ga qaratildi.

Xalq bilan uchrashuvlarda Adliya vaziri M.Ikramov, shuningdek, vazirlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari N.Muhammadiyev, A.Madaminov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyevlar Uychi hamda Uchqo‘rg‘on tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazishdi.

Namangan shahri hamda Namangan tumani tadbirkorlarining vakillari viloyat bojxona boshqarmasi binosiga yig‘ilishdi. Bu yerda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Tohiriy, qo‘mita boshqarma boshlig‘i B.Sharipov, shuningdek, viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Hojimatov, boshqarma bo‘lim boshliqlari hamda mutaxassislari ko‘plab savollarga javob qaytarishdi. Bu kabi uchrashuvlar Pop va Chust tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror I.Abdullayev, boshqarma boshliqlari – Sh.Mustafoyev, M.Boboyevlar Chust va Norin tumanlarida bo‘lishdi. Oliy sud raisi K.Komilov, sudyalar – X.Egamberdiyev, M.Ergashevlar esa Pop tumanining uchta hududida aholini qabul qildi. Chodakdagi konmetallurgiya kolleji, G‘urumsaroy qishloq xo‘jaligi kolleji, Nayman aholi dam olish markazi aholi bilan gavjum bo‘ldi. Ichki ishlar vaziri A.Azizovning sohaviy tizim rahbarlari Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lishdi.

Respublika Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev, qo‘mitaning boshqarma boshliqlari M.Mahkamov, T.Toshtemirov, shuningdek, viloyat boshqarmasining tegishli mutaxassislari fuqarolarni qiynab kelayotgan murojaatlarni eshitib, ular tomonidan yo‘llangan savollarga to‘laqonli javob qaytarishdi. Namangan shahri, Uchqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Chust tumanlaridagi uchrashuvlar taassurotlarga boy bo‘ldi.

Поделиться