O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari jarayonini online kuzating

2017-07-21 | Texnologiyalar

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2017-yilning 20-21-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan imtihonlarni jonli kuzatishni istaganlar uchun imkoniyat yaratib, jarayonlarni real vaqt rejimi (online)da namoyish etishni boshladi.

Universitet bu yil ham kirish imtihonlarining video-strimingini tashkil etdi. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini live.inha.uz havolasi orqali (tas-ix)da, shuningdek, universitetning facebookdagi (https://www.facebook.com/inha.uz) rasmiy sahifasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Kirish imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan «O’zko‘rgazmasavdo» binosida veb-kameralar o‘rnatilgan, ular kirish imtihonlarining barcha onlayn tarzda jarayonlarini ko‘rsatadi.

Qayd etish joizki, o‘tgan yili bo‘lgani kabi bu yil ham kirish imtihonlari jarayonlarining shaffofligi va ochiqligiga ishonch hosil qilishlari uchun IUT mazkur jarayonlarga ommaviy axborot vositalari vakillarini ham taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yili IUT O’zbekistonda birinchi marotaba keng jamoatchilik uchun universitetning “Facebook” dagi rasmiy sahifasi hamda maxsus sahifa orqali kirish imtihonlarining video-strimingini tashkil etgan edi.

Поделиться