O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili bilan uchrashuv

2017-07-19 | Siyosat

2017-yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, YI Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan o’zaro aloqalarga oid qator masalalar muhokama qilindi va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Kamilov Federika Mogerinini shu yilning kuzida Samarqand shahrida BMT rahbarligida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni ta’minlash muammolari bo’yicha xalqaro anjumanga taklif etdi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться