O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi yig‘ilishiga doir

2017-07-18 | Siyosat

2017-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining 13-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilish boshlanishidan avval Xorvatiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa hamjamiyatlari va ularga a’zo-davlatlar, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sheriklikni ta’sis etuvchi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga Bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston nomidan hujjatni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Yevropa Ittifoqi nomidan esa YIga raislik qilayotgan Estoniya Respublikasining Tashqi ishlar vaziri Sven Mikser hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Savdo bo‘yicha Bosh direktorati bo‘limi rahbari Petros Surmelis imzoladilar.

Yig‘ilishda ikki tomon kun tartibidagi masalalar, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni batafsil ko‘rib chiqildi.

 Tomonlar uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama shakldagi va mintaqalararo darajadagi keng qamrovli sherikchilikni rivojlantirishga tayyorliklarini tasdiqladilar.

O‘zbekiston va Yevroittifoq terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalarning tarqalishi va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlariga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Yig‘ilishda madaniy-gumanitar hamkorlikning istiqbollari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Abdulaziz Kamilov va Svin Mikser qo‘shma matbuot konferensiyada chiqish qildilar.

Поделиться