O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Brussel shahrida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
2017-07-18 | Siyosat
2017-yilning 17-iyul kuni “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Bryussel shahriga tashrifi doirasida Yevropa turistik agentliklari va turoperatorlari assosiatsiyasi hamda “Bandua Communications Unipressoal LDA” (Belgiya) kompaniyasi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Yevropa turistik agentliklari va turoperatorlari assosiatsiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan “Bandua Communications Unipressoal LDA” (Belgiya) kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi milliy turistik mahsulotini TV5 Monde kanallarida targ‘ib qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.