O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliyaviy bitim imzolandi

2017-07-18 | Siyosat

2017-yilning 17-iyul kuni “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Bryusselga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Bosh kotibi Helga Shmidt bilan uchrashdi.

14-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning davomi sifatida tomonlarning hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini hisobga olgan holda O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Abdulaziz Kamilov va Stefano Manservisi “Bog‘dorchilikni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Moliyaviy bitimni imzolashdi.

Imzolangan kundan boshlab kuchga kiruvchi hujjat O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash uchun Yevroittifoq tomonidan 21,5 mln yevro miqdoridagi grant mablag‘lari ajratilishini nazardan tutadi.

Поделиться