O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Demokratiya ko‘zgusi

2015-03-18 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazida "Prezident saylovini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha milliy va xorijiy tajriba" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, saylov huquqi sohasi olim va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarning muhim sharti sifatida saylov tizimini modernizatsiya qilish, saylovlarni o'tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida so'z yuritildi. Ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha asosiy tadbirlar dasturi qanday bajarilayotganligi bilan ham tanishtirildi.

Istiqlol yillarida inson manfaatlarini to'liq ta'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadiga aylandi. Saylov bo'yicha umume'tirof etilgan xalqaro prinsiplarga mos samarali qonunchilik hamda me'yoriy-huquqiy baza yaratildi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi boshchiligida saylovlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazishni ta'minlaydigan mustaqil tizim faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar va siyosiy partiyalarning saylov jarayonida faol hamda erkin ishtirok etishi, o'z saylov huquqlarini to'liq amalga oshirishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoit, moddiy-texnik baza yaratilgan.

Tadbir ishtirokchilari saylov instituti fuqarolar siyosiy huquqlari tizimida muhim o'rin tutishini ta'kidladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish, ovoz berish huquqlariga ega ekani, o'z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi kafolatlangan. Saylovlar umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi.

O'zbekistonda Prezident sayloviga xalqaro tamoyillarga to'la muvofiq holda, yuksak demokratik darajada tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish uchun barcha huquqiy sharoitlar yaratilgani qayd etildi.

Поделиться