O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiya Elchisi bilan uchrashuv
2017-07-08 | Siyosat
2017-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmorni qabul qildi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik, sayyohlik, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, fransuz investitsiyalarini va ilg‘or texnologiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotining qator sohalariga jalb qilinishi bajarilgan ishlarning muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Xususan, 2017-yil 16-mayda “O‘zavtosanoat” AK va “Peugeot Citroën Automobiles” guruhi o‘rtasida “Jizzax” erkin iqtisodiy hududida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. 6-iyulda esa avtomobil zavodi poydevorining tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida bo‘lajak O‘zbekiston-Fransiya uchrashuvlari jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.