O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TIVdagi majlisga doir
2017-07-07 | Siyosat
2017-yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov vatandoshlar bilan bo‘lib o‘tgan To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yakunlariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.
Qariyb 3 soat mobaynida “O‘zbekiston” va “MY5” telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda O‘zbekiston fuqarolari hayotining turli jabhalariga doir, jumladan xalqaro siyosatning dolzarb mavzulariga oid 39 savolga javob berildi.
TIVda bo‘lib o‘tgan majlisda To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot manzillariga kelib tushgan barcha murojaatlarni boshqa hukumat organlari bilan hamkorlikda darhol ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Hech bir xat, hech bir savol e’tiborsiz qolmasligi zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, ayrim muammolarni hal qilish uchun tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish talab etiladi.