O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiya Elchisi bilan uchrashuv
2017-07-07 | Siyosat
2017-yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Nobuaki Ito bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida moliya va iqtisod sohalarida avval erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq qilishning hamda O‘zbekiston va Yaponiya hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Elchi iyun oyi oxirida yetakchi yapon OAVlarining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.