O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Qirg‘iziston vazirliklararo maslahatlashuvlariga doir

2017-07-07 | Siyosat

2017-yilning 4-6-iyul kunlari Bishkek shahrida ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston delegatsiyasiga TIV Xalqaro-huquqiy departamenti direktori Erin Aydit boshchilik qildi.

Muloqot davomida amaldagi ikki tomonlama hujjatlar ro‘yxati solishtirildi, ko‘rib chiqilayotgan bitim loyihalari muhokama qilindi hamda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda tashqi siyosat idoralari huquqiy xizmatlarining faoliyati hamda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning xalqaro shartnomalarni tuzish va bajarishga doir qonunchilik aktlaridagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться