O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ertaga-O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqoti
2017-07-04 | Siyosat
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan To'g'ridan-to'g'ri muloqotiga qadar bir kun qoldi. Ko'plab kelayotgan savollar munosabati bilan shuni ma’lum qilamiz:
1. To'g'ridan-to'g'ri muloqotda O‘zbekistonning xorijdagi barcha muassasalari va yaqinda ochilgan Tashqi ishlar vazirligining mintaqaviy vakolatxonalari rahbarlari videokonferensiya shaklida ishtirok etishadi. Tadbir Xalqaro press-klub maydonchasida bo‘lib o‘tadi.
2. “O‘zbekiston” va “My5” telekanallari jonli translyatsiya olib borishadi.
3. To'g'ridan-to'g'ri muloqotga murojaatlarning mualliflari, ekspertlar hamda milliy va xorijiy OAV vakillari taklif etiladi.
4. Savollarni tanlab olishda ko‘pchilik vatandoshlarimizni bezovta qilayotgan murojaatlarga, jumladan “o‘tkir” murojaatlarga ustuvorlik beriladi.
TIV manzillariga kelib tushayotgan savollar teleekranning “yugurik satri”ga joylashtirib boriladi.
5. Barcha xohlovchilar, avvalgidek, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni Vazirning virtual qabulxonasi, shuningdek, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron manzili, TIVning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi va “Telegram”dagi kanali orqali berishlari mumkin. Murojaatlar To'g'ridan-to'g'ri muloqot yakuniga qadar qabul qilinadi.
Shuni ham ma’lum qilamizki, barcha murojaatlarga javob qaytariladi.