O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TIVda uchrashuv
2017-07-03 | Siyosat
2017-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a’zosi, “Rus gumanitar missiyasi” tashkiloti bosh direktori Yevgeniy Primakovni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining ba’zi masalalari madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.
Yevgeniy Primakov o‘zining O‘zbekistonga tashrifi dasturi to‘g‘risida so‘zlab berdi. Dasturga ko‘ra Savdo-sanoat palatasi, Amir Temur Xalqaro jamg‘armasi, “O‘zbekiston-Rossiya” do‘stlik jamiyatida uchrashuvlar o‘tkazish hamda qator obyektlarda bo‘lish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Anvar Ilyosov olgan surat
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi