O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Paxta sanoati istiqbollari

2017-07-03 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga ko‘ra paxtachilik sohasini rivojlantirshi bo‘yicha o‘z oldiga yangi vazifa va marralarni belgilab olgani ta’kidlandi. Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida paxtachilik sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda soha korxonalarini modernizatsiya qilish, mahsulotlarni mahalliylashtirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha bajariladigan ishlar va aniq vazifalar belgilab olingan. 

Xolding kompaniya an’anaviy sotuv bozorlarida o‘zbek paxtasining mavqeini mustahkamlash maqsadida Xalqaro paxta uyushmasi, Bremen paxta birjasi va boshqa qator yirik paxta assotsiatsiyasi va birjalariga a’zo bo‘lgan. Pokiston, Indoneziya, Vetnam kabi yangi bozorlarni o‘zlashtirdi. Ko‘rilgan tizimli sa’y-harakatlar samarasida 2016-yilgi mavsumda "oliy" va "yaxshi" sinflaridagi tolaning umumiy paxta hosilidagi ulushi 92 foizni tashkil etdi. 

Paxta tolasini tasniflashning milliy tizimi takomillashtirilib, yangi sifat o‘lchovlari – paxta tolasining past navlari uchun sinflar joriy etilib, paxta tolasi bo‘yicha yangi standart qabul qilindi. 

Jahon paxta bozorida o‘zbek paxta tolasining raqobatbardoshligi va xaridorgirligini yanada oshirish maqsadida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida «VS1» (Paxtani yaxshilash tashabbusi) prinsiplariga asoslangan holda paxtachilikni barqaror rivojlantirish standartini joriy etish loyihasini amalga oshirish borasida muzokaralar olib borilmoqda. 

Anjumanda tizimdagi paxta tozalash zavodi, yog‘-moy kombinati va paxta terminallarida kapital qayta ta’mirlash jarayonida yangi avlod uskunalari kompleksini o‘rnatish chora-tadbirlari ko‘rilayotgani qayd etildi. Jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob berdi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться