O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektron hukumat: ishonchli, qulay va tezkor

2015-03-17 | Texnologiyalar

Termizda davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish masalasiga bag'ishlangan o'quv-seminar o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy hokimlik, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o'rinbosari A.Ibrohimov va boshqalar dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda mamlakatimizda sohani yanada taraqqiy ettirishga qaratilayotgan alohida e'tibor yuksak samaralar berayotganini ta'kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 27-iyundagi O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lib xizmat qilayotir. Mazkur hujjat asosida ishlab chiqilgan 2013-2020-yillarda O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi zamonaviy tarmoqning xizmat ko'rsatish sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi oshib borayotir. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari "Elektron hukumat" tizimi orqali ma'lumot almashishning elektron usulidan unumli foydalanmoqda. Bu jarayonda kommunikatsiya tarmoqlari jahon talablari darajasida texnik va texnologik qayta jihozlanib, interaktiv xizmat ko'rsatish sifati va soni ortmoqda. "E-xat" himoyalangan elektron pochtasi hamda "E-hujjat" elektron hujjat aylanish tizimi viloyat, shahar va tuman hokimliklari, davlat idoralari va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarning ichki va idoralararo ish yuritish jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

– Dastur doirasida bu yil viloyatda 24 yangi loyiha amalga oshirilayotgani buning yaqqol dalilidir, – deydi viloyat hokimligi huzuridagi komputerlashtirish markazi direktori F.Saidov. – Shunga muvofiq viloyat, shahar va tuman hokimliklarida "Ijro intizomi" axborot tizimi yo'lga qo'yilmoqda.

Termiz shahridagi ikki kollejda "Davomat" axborot tizimi pilot loyiha sifatida joriy etilayotir. Shahar va tuman tibbiyot muassasalarini avtomatlashtirish va boshqarish bo'yicha maxsus axborot tizimini yo'lga qo'yish, FHDYolarga arizalarni elektron shaklda taqdim etish, yagona interaktiv davlat xizmati portali orqali fuqarolarga biometrik pasport olish uchun elektron shaklda navbatga turish kabi ko'plab interaktiv xizmatlar joriy etiladi.

Tadbirda "Elektron hukumat" markazining ekspert-maslahatchisi, koreyalik tajribali mutaxassis Sang Taye Kim tomonidan davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining milliy modellari, "Elektron hukumat" tizimini joriy etishning Koreya Respublikasi tajribasi bo'yicha taqdimot ham o'tkazildi.

Поделиться