O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda yangi oromgoh bolalar ixtiyoriga topshirildi

2017-06-30 | Jamiyat

Termizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, oromgohda ta’tilni maroqli o‘tkazayotgan o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari B.Mahmadaliyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va yuksak intellektual salohiyatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi. 

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan Termiz shahrining bahavo joyida, daryo sohilida bunyod etilgan “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yosh avlodning yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Olti gektardan ziyod maydonni egallagan oromgoh qurilishiga 34 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. 200 o‘rinli oromgohda bolalarning jismoniy chiniqishi, bilimi va intellektual salohiyatini oshirishi uchun suzish havzasi, futbol, basketbol, tennis va boshqa sport maydonchalari, axborot-resurs markazi, yozgi amfiteatr, rangli favvoralar bunyod etildi. Madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga mo‘ljallangan tantanalar maydoni, turli to‘garaklarning mashg‘ulot xonalari zamonaviy jihozlandi. Ertak qahramonlari haykalchalari o‘rnatilib, gulzorlar barpo etildi. 

– Yoshim 66 da, bu yerni yoshligimdan yaxshi bilaman, – deydi termizlik Mavluda Jo‘rayeva. – Tashlandiq, qamishzor edi. Qisqa vaqtda shunday obod va xushmanzara maskanga aylanibdi. Baraka topishsin. To‘rtinchi sinfda o‘qiydigan nevaram Yoqubjon bugun tengqurlari safiga qo‘shildi. Farzandlarimiz uchun yaratilayotgan bunday sharoitlar uchun davlatimizdan minnatdormiz. 

Joriy yilgi mavsumda oromgohda mingdan ortiq bola yozgi ta’tilni o‘tkazishi rejalashtirilgan. Hozir bu yerda 200 o‘quvchi hordiq chiqarib, xorijiy tillar va komputer bo‘yicha bilimlarini oshirmoqda. “Yosh kitobxonlar”, “Tasviriy san’at”, “Mohir qo‘llar”, “Xoreografiya”, “Jismoniy tarbiya va sport” kabi o‘nga yaqin to‘garak, 2 mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona bolajonlar ixtiyorida. 

Ayni paytda oromgoh atrofida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda. Ikki qavatli baxshilar maktabida pardozlash ishlari amalga oshirilayotir. 17 gektar maydonda bolalar va kattalar uchun sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurilmoqda. 

Oromgohning ochilish marosimi “O‘zbekiston – baxtiyor bolalar mamlakati” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir hamda “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasiga ulanib ketdi. Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning mazmun-mohiyati, samaralari, navqiron avlodga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rliklarning ahamiyati bolalarga xos sahna ko‘rinishlari orqali ifoda etildi. Oromgohda hordiq chiqarayotgan o‘quvchilar va san’atkorlar ijrosida Vatan, mustaqillik, tinchlik, ona va baxtiyor bolalikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

 
Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA

Поделиться