O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada uchrashuv

2017-06-29 | Jamiyat

Joriy yilning 28 iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi taklifiga ko‘ra Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mehmonni qo‘mita raisi O.Yusupov qabul qildi.

Uchrashuv boshlanishida O.Yusupov mehmonga O‘zbekistonda din sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan boshqa sohalar qatorida din sohasida ham yirik islohotlar amalga oshirilayotgani, Yurtimizda 16 diniy konfessiyaga mansub 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashab kelayotganliklari hamda o‘z diniy ibodatlarini emin-erkin amalga oshirayotganliklari ta’kidlab o‘tildi.

O‘z navbatida D.Sidiqov qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistondagi diniy va milliy bag‘rikenglik tamoyillarining barqaror rivojlanib kelayotgani tahsinga sazovor ekanini alohida qayd etdi.

Elchi janoblari bugungi kunda aksariyat qirg‘izistonlik yoshlar O‘zbekistonning diniy ta’lim muassasalarida tahsil olish istagida ekanliklari, bu sohada ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish lozimligini alohida ta’kidladi.

O.Yusupov qardosh xalqlar manfaatlarini ko‘zlagan holda bunday hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ikki tomon uchun ham qulay bo‘lishini bildirdi.

O.Yusupov yurtimizda hukm surayotgan bag‘rikenglik tamoyillariga to‘xtalib, har yili YuNESKO tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan anjumanni misol qilib keltirib, unga xorijiy diniy tashkilotlari rahbarlari ham taklif etilayotganini ma’lum qildi.

D.Sidiqov O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Поделиться