O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlik va davlat qo‘mitalarining qonun ijrosi bo‘yicha axborotlari eshitildi

2017-06-29 | Jamiyat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Ekologik harakati, quyi palataning Ekoharakat deputatlari guruhi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosi yuzasidan axborotlari eshitildi hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Mazkur hujjatga muvofiq ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilgan. 

Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududlardagi shahar, qishloqlarda ichimlik suvi va oqova suv tizimini takomillashtirish borasida xalqaro moliya institutlarining investitsiyalari jalb qilinmoqda. Mazkur investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimiz hududlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda kanalizatsiya tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Bugungi kunda yurtimizda 12 ming 262 aholi punktining 9 ming 60 tasida markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti tizimlari mavjud. Shu bilan birgalikda, markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti mavjud bo‘lmagan, olis va tog‘li hududlardagi 406 mingdan ortiq xonadonga maxsus texnikalar yordamida toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda. 

Prezidentimizning 2016-yil 23-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, joriy yilda 171,8 kilometr ichimlik suvi va oqova tarmoqlari, 8 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan. 

Majlisda amalga oshirilgan ishlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham atroflicha tahlil etildi. Respublika byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishga erishish hamda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Поделиться