O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sabina va Nigina xalqaro turnir g‘olibi

2017-06-28 | Sport

Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida Sabina Sharipova final uchrashuvida rossiyalik Yelena Ribakinani 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. 

Turnirning juftlik bahslarida Nigina Abduraimova rossiyalik Anastasiya Frolova bilan birga finalda Sabina Sharipova hamda rossiyalik Kseniya Likinaga qarshi kortga tushdi. Keskin va murosasiz tarzda o‘tgan o‘yinda Nigina va Anastasiya juftligi 7:6, 7:5 hisobida zafar quchdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться