O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahongir jahon kubogida ishtirok etadi

2017-06-28 | Sport

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon kubogi va xotin-qizlar o‘rtasidagi jahon birinchiligida ishtirok etishga yo‘llanma beruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy saralash musobaqasi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondan ellikka yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi. 

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Jahongir Vohidov shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy egalladi va joriy yilning sentabr oyida Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi musobaqasining final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA

Поделиться