O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Seni kuylaymiz, zamondosh!" IV respublika teatrlari ko‘rik-festivali boshlandi

2017-06-28 | Madaniyat

Yoshlar tarbiyasi, ularning dunyoqarashi, fuqarolik pozitsiyasi Vatan kelajagi, uning istiqboli bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda ulg‘ayib kelayotgan avlod tarbiyasida mas’uliyat va burchni astoydil his etish har birimizdan hushyorlik va ogohlikni talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Seni kuylaymiz, zamondosh!" IV respublika teatrlarining ko‘rik-festivaliga taqdim etilgan asarlarning bosh g‘oyasini ana shunday dolzarb mavzu tashkil etadi. 

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida festivalning ochilish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri M.Murodov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yosh avlod tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, milliy san’atimiz va madaniyatimiz ravnaqi masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish bilan birga Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. 

Prezidentimizning 2017-yil 31-maydagi "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori mazkur soha ravnaqiga doir yangi istiqbollarni belgilab berdi. 

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan "Seni kuylaymiz, zamondosh!" ijodiy ko‘rik-festivali Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz obrazini sahna asarlari orqali talqin etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur loyiha hududiy teatr jamoalarining repertuarlari bilan tomoshabinlarni kengroq tanishtirish, ijodiy jamoalarning o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun imkon yaratishda o‘ziga xos muloqot maydoni vazifasini o‘tamoqda. 

Ko‘rik-festival O‘zbek Milliy akademik drama teatrining "Imon" spektakli bilan boshlandi.

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться