O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish-suv resurslaridan samarali foydalanish mezoni” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2017-06-27 | Jamiyat

Joriy yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish–suv resurslaridan samarali foydalanish mezoni” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini, jumladan, agrar sohani rivojlantirish, modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘zimizda yetishtirilgan mahsulotlar hisobidan ta’minlashga alohida e’tibor berilib, bu borada suv resurslaridan unumli foydalanish, melioratsiya va irrigatsiya obyektlarini yangilash va rivojlantirish maqsadida davlat byudjetidan ajratilayotgan investitsiyalar hisobiga irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga ustuvor vazifalardan biri sifatida yondoshilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 aprelda qabul qilingan “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2013-2016 yillar uchun qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari asosida mamlakatimizdagi mavjud irrigatsiya obyektlarida qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Keyingi 5 yil mobaynida respublikamiz bo‘yicha suv xo‘jaligi obyektlarida kapital qurilish va rekonstruksiya qilish tadbirlarini bajarishga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qariyb 2,0 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan umumiy uzunligi 1265,6 km kanallar, 260,4 km sug‘orish (lotok) tarmoqlari, 212 dona yirik gidrotexnik inshootlar, umumiy quvvati 32,3 m3/sek. bo‘lgan 23 dona nasos stansiyalari, 62,4 km uzunlikdagi nasos stansiyalarining yuqori bosimli quvurlari qurildi rekonstruksiya qilindi, shuningdek, daryo va kanallarning 42,5 km uzunlikdagi qirg‘oqlarini mustahkamlash va boshqa ishlar amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida respublikamizdagi 1 mln. 123 ming gektardan ortiq maydondagi fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi tomorqa yerlarining suv ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.

Anjumanda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ularning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorligiga erishish borasida istiqbolda amalga oshiriladigan vazifalar xususida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Поделиться