O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Niderlandiya Elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
2017-06-27 | Siyosat
2017-yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Niderlandiya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Regina Veronika Mariya Jons-Bosni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlarini topshirdi. Vazir Elchini mamlakatimizda diplomatik missiyasini boshlagani bilan tabrikladi hamda yuqori va mas’uliyatli lavozimda omad tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Niderlandiya aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan so‘ng 25 yil davomida erishilgan yuqori darajadagi hamkorlik ijobiy baholandi. Shuningdek, aloqalarni barcha sohalarda kengaytirish, xususan 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida munosabatlarni rivojlanritish uchun tomonlar ulkan salohiyatga egaligi ta’kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy sohada hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki davlat ishbilarmon doiralari, turizm biznesi, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.