O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Raisiga hamdardlik bildirdi
2017-06-27 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Sinchuan provinsiyasidagi ko‘chki natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan maktub yo‘lladi.
“Sizga va butun Xitoy xalqiga mazkur hodisa sababli samimiy ta’ziya bildiraman, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarimni yetkazishingizni so‘rayman”, - deyiladi davlatimiz rahbari maktubida.