O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamdardlik
2017-06-24 | Siyosat
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti
Mamnun Husayn
Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Pokistonning Parachinar, Kvetta va Karachi shaharlarida yuz bergan mudhish terrorchilik xurujlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani to‘g‘risidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.
Mazkur jirkanch hodisalarning butun islom ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida va muborak Iyd-al-Fitr ayyomi arafasida sodir etilgani barchamizni tashvishga soladi va O‘zbekiston bunday yovuz hatti-harakatlarni keskin qoralaydi.
Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylari va birodar Pokiston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, halok bo‘lganlar hamda jarohat olganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz.
Qayg‘u ila,
Manba: O'zA