O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017-06-23 | Texnologiyalar
22 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish masalasida, hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi. Tomonlar, AKT sohasida ta’limni rivojlantirish bo’yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini alohida ta’kidladilar.