O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Elchisi bilan uchrashuv
2017-06-23 | Siyosat
2017-yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vinod Kumar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida 2017-yil 9-iyun kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda turli darajalardagi bo‘lajak O‘zbekiston-Hindiston uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi ham ko‘rib chiqildi.