O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Hansa Telecom» delegatsiyasi bilan uchrashuv
2017-06-22 | Texnologiyalar
20 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Hansa Telecom» (Latviya) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi. Hususan, «Hansa Telecom» kompaniyasi istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston mobil aloqa abonentlari raqamlarini operatorlararo ko‘chirish xizmatini (MNP – mobile number portability) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni taklif qildi.
Mehmonlarning fikricha, ushbu loyiha mobil aloqa operatorlari o‘rtasida raqobatni kuchaytirib, abonentlarga o‘zlarining raqamlarini saqlab qolgan holda boshqa operator xizmatlariga o‘tish imkonini yaratadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirishga xayrixohlik bildirib, ushbu loyihani har tomonlama ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.