O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganlik yosh qutqaruvchilar g‘olib

2017-06-22 | Jamiyat

Namanganda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa ishtirok etdi. 

Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Mazkur musobaqa ham navqiron avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqaro muhofazasiga oid bilimini boyitish, yoshlarda favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish va o‘zgalarga yordam berish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. 

– Yoshlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikma hosil qilish, ularni har qanday favqulodda holatga ham ruhan, ham jismonan tayyorlab borish muhim vazifadir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.Jo‘rayev. – An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa ham bu borada muhim ahamiyatga ega. 

Yosh qutqaruvchilar 5 shart asosida bilim va ko‘nikmasini chaqqonlik, dovyuraklik, qat’iyatlilik, hushyorlik va qutqaruvchi uchun zarur bo‘ladigan boshqa fazilatlarni namoyon qilish orqali sinovdan o‘tkazdi. 

Namangan viloyatining “Qalqon” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Samarqand viloyatining “Bunyodkor” jamoasi ikkinchi, Navoiy viloyatining “Vatanparvar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. 

Ishtirokchilar “Jamoaning eng yaxshi shiori”, “Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan fotoalbom”, “Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan videorolik”, “Eng yaxshi tashkil etilgan ko‘rgazma”, “Eng yaxshi klub formasi”, “Eng yaxshi jamoa bayrog‘i”, “Eng bilimdon jamoa”, “Eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatgan jamoa”, “Eng yaxshi tog‘ tayyorgarligiga ega jamoa”, “Eng hamjihat jamoa”, “Eng yaxshi qutqaruvchi qiz”, “Eng yaxshi qutqaruvchi bola” nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

 

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA

Поделиться