O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Elchixonasiga tashrif
2017-06-20 | Siyosat
2017-yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
Vazir jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning mashhur davlat arbobi, sobiq Federal kansleri Gelmut Kol vafot etganligi munosabati bilan samimiy ta’ziya bildirdi va Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
Elchi Naithart Xyofer-Vissing o‘z navbatida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer nomiga yo‘llangan maktubda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamda butun Germaniya xalqiga bildirilgan hamdardlik va dalda uchun minnatdorchilik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi