O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashqi ishlar vazirligida yig‘ilish

2017-06-20 | Siyosat

2017-yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Vazir Abdulaziz Kamilov raisligida TIVning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati holatini o‘rganish va tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish Ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida kadrlarni tayyorlash, diplomatik xizmat, ilg‘or xorij tajribasi va zamonaviy xalqaro standartlar asosida o‘qish jarayonini modernizatsiya qilish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda JIDU rektori Abdumalik Jumanovning yetakchi xorij OTMlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi universitet tomonidan imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni tatbiq qilishga oid ma’lumot tinglandi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Lester universiteti bilan memorandumga ko‘ra JIDU qoshida xalqaro tadqiqot maktabini yaratish, Rossiyaning Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra yangi ta’lim texnologiyalari va dasturlari, xususan masofadan o‘qitish tizimini joriy etish bo‘yicha tomonlar tajribasini qo‘llash hamda Xitoyning Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti bilan tuzilgan bitimga ko‘ra birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish nazarda tutilgan.

Поделиться