O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shaxmat ustalari Toshkentda bahslashmoqda

2017-06-20 | Sport

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon kubogi va xotin-qizlar o‘rtasida jahon birinchiligida ishtirok etadigan shaxmatchilarni aniqlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy saralash musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondan 47 shaxmatchi dona surmoqda. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda dastlabki ikki pog‘onani egallagan shaxmatchilar joriy yilning sentabr oyida Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogining final bosqichida qatnashadi. Xotin-qizlar musobaqasi g‘olibasi esa 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon birinchiligida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 

– O‘zbekiston – shaxmat jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan, – dedi Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinov. – O‘zbek sportchilari jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda salmoqli yutuqlarga erishmoqda. O‘zbekiston grossmeysterlar bo‘yicha mintaqada yetakchi va shaxmat bo‘yicha jahon chempioni kamol topgan dunyodagi sanoqli davlatlardan biri. Yurtingizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida yosh shaxmatchilar musobaqalarda ulkan natijalarga erishmoqda. Bu O‘zbekiston shaxmatining yorqin kelajagidan dalolat beradi. 

Musobaqaning uchinchi tur yakunlariga ko‘ra, xotin-qizlar o‘rtasida iqtidorli shaxmatchimiz Gulruhbegim Tohirjonova 3 ochko bilan birinchi pog‘onani egallab turibdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda borayotgan qozog‘istonlik Dinara Saduaqosova hamda turkmanistonlik Hurma Valiyeva bir xil – 2,5 ochkodan jamg‘argan. 

Erkaklar o‘rtasida qozog‘istonlik Petr Kostenko 3 ochko bilan birinchi, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy egallagan.

 

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA

Поделиться