O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyatida ehtiyojmand xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi

2017-06-20 | Jamiyat

Samarqand viloyatida imkoniyati cheklangan, moddiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida 21 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganov va boshqalar Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan mamlakatimizda aholining barcha qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga yurtdoshlarimiz turli masalalar bilan murojaat qilib, o‘z muammolariga yechim topmoqda. Mazkur muassasalarga hamda joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda imkoniyati cheklangan fuqarolardan ham uy-joy bilan ta’minlash, ishga joylashish va moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan ko‘plab murojaatlar tushmoqda. Ushbu murojaatlar bo‘yicha aholiga qonunchilikda belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarning doimiy ish o‘rni hamda daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun ularni joylardagi paxta tozalash korxonalari kasanachisi sifatida ish bilan ta’minlash chorasi ko‘rilayotir. 

– Imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni yangi tizim bo‘yicha ish bilan ta’minlash maqsadida birinchi navbatda ularning ro‘yxati shakllantirildi, – deydi Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.G‘afurova. – Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 314 nafar nogiron opa-singillarimiz tikuvchilik bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining viloyat hududiy filiali tomonidan ularni tikuv mashinalari va xomashyo bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Bu kasanachilar paxta yig‘im-terim mavsumi uchun zarur etak, qo‘lqop va boshqa mahsulotlarni tayyorlab beradi, maxsus ish kiyimlari tikadi. Uy-joyga ehtiyoji bor kasanachilarning ish haqi “Qishloq qurilish bank” plastik kartochlariga o‘tkazilib, bu mablag‘ni ular uy-joylar uchun boshlang‘ich badal sifatida to‘lashi mumkin. 

Tadbirda 21 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi topshirildi hamda mahsulot tayyorlash uchun xomashyo uylariga yetkazib berildi. 

– Bir hovlida uch xo‘jalik istiqomat qilamiz, – deydi Narpay tumanidagi Ahillik mahallasida yashovchi Sanobar Yarasheva. – Uy-joy sotib olish uchun imkoniyatimiz yetmaydi. Bugun bizga tikuv mashinasi berish bilan birga, qanday qilib arzon uy-joylarni olish imkoniyatini ham aytishdi. Butun oilamiz bilan mehnat qilib, nasib etsa, 2018-yilda quriladigan uy uchun boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiramiz. Bunday e’tibor uchun Prezidentimizdan minnatdormiz. 

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi T.Jo‘rayev so‘zga chiqdi.

 

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA

Поделиться