O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy koreyalik shifokorlar poytaxtimizda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

2017-06-20 | Jamiyat

"Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi tomonidan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” harakati doirasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu borada xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning tibbiyot muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining “Save the Children” xalqaro fondi, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash KOFIH fondi, Inha va Pundan Cha universitetlari gospitallari, Hindistonning “Artemis Medicare Services Limited” gospitali bilan hamkorlikda tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan og‘rigan bolalar bepul sog‘lomlashtirilmoqda. 

Koreya Respublikasining Inha universiteti gospitali bilan 2011-yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelinmoqda. O‘tgan yilda ushbu hamkorlik doirasida Janubiy Koreya mutaxassislari tomonidan sakkiz yuzga yaqin aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 

Ana shunday xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida fondning Tibbiy ijtimoiy markazida Koreya Respublikasining Inha universiteti gospitalidan tashrif buyurgan bir guruh shifokorlar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 

– Ikki farzandim bilan birga tibbiy ko‘rikdan o‘tdik, – deydi poytaxtimizning Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Gulandom Yo‘ldosheva. – Boshidan qattiq jarohat olganidan so‘ng qizimni ko‘zida nuqson paydo bo‘ldi. Poliklinikadagilar shu yerga kelishim uchun yo‘llanma berdi. Malakali shifokorlar qizimning ko‘zini tekshirdi. Boshqa mutaxassislar ko‘rigida ham bo‘ldik. 

Janubiy koreyalik mutaxassislar 20-iyun kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Arirang” qariyalar uyida va 22-24-iyun kunlari Navoiy shahri "Xanjin grupp" kompleksi binosida aholini umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. 

– Yurtingizda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilganligiga guvoh bo‘ldik, – deydi Inha universiteti gospitali professori Li Syong Yun. – Shifo maskanlari zamonaviy tibbiy texnikalar bilan ta’minlanganligi tibbiy ko‘rikni tez va samarali tashkil etishga yordam bermoqda. Tibbiy ko‘rikka kelayotgan aholining o‘z salomatligiga e’tibori, tibbiy madaniyati yuksakligi bizda katta taassurot qoldirdi.

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться