O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston va Afg‘oniston Elchilari bilan uchrashuv
2017-06-19 | Siyosat
2017-yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi uch davlat hamkorligining dolzarb jabhalari muhokama qilindi.
Elchilar Turkmaniston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari nomidan O‘zbekiston tomoniga Ashxobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan 7-konferensiyaga (RECCA-VII) rasmiy taklifnomani taqdim etishdi.